<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ravshan Xizirov</author>
<lyrics>[V1]
 Uzoq ketay desam
 Yaqindir dunyo
 Suykalar suymasam
 Chaqindir dunyo.

[V2]
 Qovogʻini uyar
 Boqmasam dunyo
 Nafratlanar gar men
 Yoqmasam dunyo

[V3]
 Rabbim Sizda topdim
 Qalbimga ziyo
 Kulgu qoʻndirmasdi
 Labimga dunyo.

[V4]
 Tark et dedim bir kun
 Qilganda duo
 Kulib dedi: &quot;Meni
 Sevasan&quot; - dunyo

[V5]
 Yoʻq dedim sevmayman
 Qilmagin jilo
 Yangitdan yaratdi
 Masihda Xudo

[V6]
 Masih meni sevgim
 Masih dunyoim
 Dunyoning makridan asrang Xudoyim.</lyrics>
<title>Dunyo (anʼanaviy)</title>
</song>